Hindistonda chaqmoq urishi natijasida bir kunda 38 kishi halok boʻldi
Illyustrativ foto
Hindistonda chaqmoq urishi natijasida bir kunda 38 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda "Associated Press" xabar bermoqda.
«Oʻlimlarning aksariyati Rajastan shtatida kuzatilgan. Bu yerda chaqmoq urishi oqibatida 20 kishi halok boʻlgan», deyiladi xabarda.
Politsiya katta ofitseri Anand Srivastavaning aytishicha, ularning baʼzilari voqea sodir boʻlgan paytda selfi (oʻzini suratga olayotgan) tushishayotgan boʻlgan. Shtatda yana 20 nafarga yaqin odam jarohat oldi.
Uttar-Pradesh shtatida chaqmoq urishi oqibatida 18 kishi nobud boʻlgan. Halok boʻlganlarning aksariyati qishloq xoʻjaligi ishchilari hisoblanadi.
Ikki shtat maʼmurlari halok boʻlganlarning oilalariga, jarohatlanganlarga moddiy yordam koʻrsatilishini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring