Hindistonda bir kunda qariyb 70 ming kishida koronavirus aniqlandi

12:10 20 Avgust 2020 Dunyo
1303 0

Hindistonda 19-avgust kuni koronavirus bilan kasallanish boʻyicha kunlik rekord yangilandi. Chorshanba kuni bu mamlakatda 69 652 kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan. Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 2.84 millionga yetdi.

Shuningdek, Hindistonda oʻtgan bir sutka davomida 977 kishi koronavirusdan vafot etdi. Bu bilan qurbonlarning umumiy soni 53 866 kishiga yetdi.

Hozirda Hindiston koronavirusga chalinganlarning soni boʻyicha Osiyoda birinchi, dunyoda AQSH va Braziliyadan keyin uchinchi oʻrinda turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер