Hindistonda avtobus koʻprikdan quladi, 40 kishi halok boʻldi

12:00 17 Fevral 2021 Dunyo
928 0

Madhya-Pradesh viloyatida baxtsiz hodisa yuz berdi. Yoʻlovchi tashuvchi avtobus koʻprikdan kanalga qulab tushdi. Baxtsiz hodisa natijasida 40 kishi halok boʻldi va 6 kishi qutqarildi.

Bu haqda hind ommaviy axborot vositalari mahalliy hokimiyat idoralariga asoslanib Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Taxminlarga koʻra, avtobusda 46 kishi boʻlgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Maʼlumot uchun, Hindistonda har yili 100 mingdan ortiq odam yoʻl-transport hodisalari qurboniga aylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер