Hindistonda 28 nafar erkak 15 yoshli qizni ommaviy zoʻrlashda ayblanib, hibsga olindi
Foto: ZumaPress
Hindistonning Mumbay shahri politsiyasi 28 nafar erkak 15 yoshli qizni ommaviy zoʻrlashda gumon qilib hibsga olgan.
Bu haqda xabar tarqatgan "BBC News"ning yozishicha, ayblanuvchilar bir necha oy davomida muntazam ravishda jabrlanuvchini zoʻrlab kelgan.
Yanvar oyida hindistonlik voyaga etmagan yosh yigit uni jinsiy aloqaga majbur qiladi va uni videoga oladi. Keyin u tasvirni doʻstlariga beradi. Ular shantaj qilib, qizni bezovta qila boshladilar. Tergov maʼlumotlariga koʻra, jinoyatchilar qizni asosan Mumbayning chekka hududlarida zoʻrlashgan.
22-sentyabr kuni qiz politsiyaga xabar berdi va uni 30 dan ortiq odam zoʻrlaganini maʼlum qiladi. Jinoyatchilardan ayrimlari hali qoʻlga olinmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring