Hindiston va Pokiston oʻrtasida 20 yil ichida birinchi marta tinchlik bitimi tuzildi
Hindiston va Pokiston qariyb 20 yil ichida birinchi marta oʻzaro nizolarni toʻxtatishga kelishib oldilar. Bu haqda “The Washington Post” xabar bermoqda.
Hindiston va Pokistondagi harbiy qoʻmondonlar nazorat chizigʻida oʻq uzishni toʻxtatishga va 25-fevraldan boshlab barcha kelishuvlarga qatʼiy rioya qilishga kelishib oldilar. Nazorat chizigʻi - bu Kashmirdagi Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi demarkatsiya chizigʻi. Bu chiziq ikki davlatlar oʻrtasidagi chegara vazifasini ham bajaradi.
Bunday kelishuv 2003-yildan beri birinchi marta amalga oshirildi.
Hindiston Mudofaa vazirligi xabarlariga koʻra, yigʻilish qatnashchilari har qanday kutilmagan vaziyatlar yoki tushunmovchiliklarni hal qilish uchun mavjud aloqa mexanizmlaridan foydalanilishini tasdiqladilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring