Hindiston va Oʻzbekiston zargarlik sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

13:45 02 Iyun 2023 Siyosat
558 0

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari Sarvar Xamidov Butun Hindiston Milliy qimmatbaho toshlar kengashi va Siroya Jewelers kompaniyasi rahbari Rajesh Jayn bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida “Siroya Jewelers” va mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Hindiston kompaniyasi mahsulotlarini Oʻzbekistondagi chakana savdo doʻkonlariga yetkazib berish va sotishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Rajesh Jayn Oʻzbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihaga investitsiyalar kiritish niyatini bildirdi.

Suhbat chogʻida Hindiston va xalqaro tajriba asosida zargarlik buyumlari dizayni yoʻnalishida kadrlar tayyorlash imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi.

Muzokaralar yakunlari boʻyicha tomonlar hamkorlik istiqbollarini oʻrganishni davom ettirish va soha salohiyatidan ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash uchun toʻliq foydalanishga kelishib oldilar.

Maʼlumot uchun: Siroya Jewelers – 1950-yillar boshida Mumbayda tashkil etilgan hind kompaniyasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер