Hindiston va Xitoy harbiylari oʻrtasida toʻqnashuv boʻlib oʻtdi

23:22 12 Dekabr 2022 Dunyo
2241 0

Foto: Reuters

Hindiston va Xitoy chegarasida joylashgan Himoloyda harbiylar oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi. Bu haqda Hindistonning ingliz tilidagi “The Hindu” gazetasi xabar bermoqda.

Xitoy xalq ozodlik armiyasining 600 nafar jangchisi ishtirok etgan toʻqnashuv 9-dekabr kuni Arunachal-Pradeshning bahsli mintaqasida sodir boʻlgan. Hindiston tashqi ishlar vazirligi bu maʼlumotni tasdiqlab, bir necha hind askari yaralangani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, vazirlik Xitoy tomonida koʻproq yoʻqotishlar borligini taʼkidladi.

Qayd etilishicha, bu viloyatda 2021-yil oktyabr oyidan beri birinchi marta shunday hodisa kuzatilmoqda. Oʻshanda katta patrul guruhidan bir nechta xitoylik askarlar Yanszi daryosi yaqinida hind armiyasi bilan toʻqnashgandi.

Avvalroq, Hindiston Xitoy bilan chegaradagi Ladax sektoridagi aerodromlarga eng yangi “Rafale” rusumli qiruvchi samolyotlarni joylashtirgani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер