Hindiston hududida Afgʻonistondan olib kelingan uch tonnaga yaqin giyohvandlik moddasi topildi

16:56 21 Sentyabr 2021 Dunyo
1132 0

Foto: Reuters

Hindistonda kontrabandaga qarshi razvedka xodimlari Gujarat portidan qariyb uch tonnaga yaqin geroin giyohvandlik moddasi topgan. Bu haqda “BBC News” hukumatdagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, musodara qilingan giyohvandlik moddalarining umumiy qiymati 2,7 milliard dollarga baholanmoqda. Giyohvandlik moddalar Afgʻonistondan Eronning Bender-Abbos porti orqali yetkazib berilgani taxmin qilinmoqda.

Manbaga koʻra, dastlabki tintuvlar Hindistonning bir qancha yirik shaharlarida oʻtkazilgan. Razvedka xodimlarining aytishicha, ikki kishi ushbu ishga aloqasi borlikda gumon qilinib hibsga olingan. Shuningdek, bir necha afgʻon fuqarolari tergov qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер