Hindiston Bosh vaziri Samarqandga keldi
Foto: president.uz
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Hindiston Bosh vaziri Oʻzbekiston Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazadi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring