Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi

17:02 01 Mart 2023 Siyosat
646 0

Joriy yilning 1-mart kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Unda UNESCO bilan taʼlim sohasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida soʻz bordi.

Sara Noshadi Oʻzbekistonda sifatli taʼlimni yoʻlga qoʻyishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:

— Oʻqituvchilar malakasini oshirish,

— baholash tizimi,

— inklyuziv taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.

Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yoʻnalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish boʻyicha istak bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер