“Hech kim Rossiyani dushman deb bilmaydi... Bu biz Rossiyani taʼriflash uchun ishlatadigan soʻz emas” — Pentagon vakili

16:07 27 May 2021 Dunyo
1164 0

Foto: AP

AQSH Mudofaa vazirligi Rossiyani AQSH va Shimoliy Atlantika alyansining dushmani deb bilmaydi.

Ushbu fikrlarni Pentagon vakili Jon Kirbi brifing chogʻida aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “C-Span” telekanali.

“Hech kim Rossiyani dushman deb bilmaydi... Bu biz Rossiyani taʼriflash uchun ishlatadigan soʻz emas”, deydi Kirbi.

Shuningdek, u Rossiya va Serbiya oʻrtasidagi qoʻshma harbiy mashqlar toʻgʻrisidagi savolga javob berdi. Pentagon vakiliga koʻra, mashgʻulotlar haqida ularga izoh berish uchun yetarli maʼlumotga ega emasligini aytgan.

“Men ushbu ikki mustaqil mamlakat oʻz mashqlari va oʻzaro munosabatlarini muhokama qilishlarini istardim”, deya qoʻshimcha qildi Kirbi.

Avvalroq, AQSH Mudofaa vazirligi vakili Rossiya harbiy rahbariyati harbiy mashgʻulotlarning oʻtkazish va maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish nuqtayi nazaridan yetarli darajada shaffoflikni namoyish etmasligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер