Hech kim eʼtibor va mehrdan chetda emas
Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, ularga mos ish oʻrinlari yaratish orqali faol hayotga jalb etish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida oʻtgan ikki yil mobaynida oʻnlab nogironligi boʻlgan shaxslarni uy-joy bilan taʼminlangani shu munosabat samarasidir. Navoiy shahrida esa oʻtgan yili 51 nafar imkoniyati cheklangan shaxs mehr-oqibatli kishilar davrasida oʻz xonadonining hovli toʻyini nishonlashdi. 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan yana 39 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga Navoiy shahrining “Binokor” hamda “Tinchlik” mahallalari hududida qurilgan koʻpqavatli uydan xonadonlar ajratildi.

— Jiyanim Azimjon yigirma yoshga toʻlayapti, bolalikdan nogironligi bor, — deydi Abdulla Mamatov. — Opam bilan yotoqxonada istiqomat qilar edi. Gapira olmaydi, yura olmaydi. Shunday holda umumiy sharoitlardan yigirma yil foydalanib kelishdi. Bugun uning quvonchi chehrasidan ham bilinib turibdi.
Mazkur sana munosabati bilan viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham tadbirlari uyushtirildi. Jumaladan, Qiziltepa tumanidagi Shukrona bazmlar uyida 150 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring