“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 10 324 nafar shaxs tegishli hujjatlarga ega emasligi aniqlandi

16:07 05 Fevral 2024 Jamiyat
210 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva maʼlum qildi.

Huquqiy aksiya doirasida:

— tugʻilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslar;

— yaqin qarindoshining oʻlimi qayd etilmagan shaxslar;

— tugʻilganligi yoki yaqin qarindoshining oʻlimi haqidagi tibbiy maʼlumotnomaga ega boʻlmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim boʻlgan shaxslar,;

— tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatildi.

Jumladan, 7701 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

12 734 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” dan roʻyxatdan oʻtkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda koʻrsatildi.

Oʻtkazilayotgan Aksiya 2024-yilning 20-mart kuniga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер