Hazorasplik Ibrohim otaning tashabbusi
Foto: Халқ сўзи
Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi Ibrohim Qurbonov nafaqada boʻlsada, tinib-tinchimaydi, izlanuvchan va tashabbuskor. U bundan ikki yil muqaddam, yaʼni 72 yoshida qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Bugungi kunda keksa olim oʻz tomorqasida xon nashvatisi, Hazorasp olmasi, oʻrik, anor, bodom, shaftoli kabi daraxtlarning noyob turlarini parvarishlab keladi. Yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda doim faol boʻlgan otaxon “Yashil makon” umummilliy loyihasi boʻyicha ham oʻziga xos tashabbus bilan chiqdi: oʻzi umrguzaronlik qilayotgan mahalla hududiga 74 yoshiga mos qilib 74 tup daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi.

Ibrohim otaning bu tashabbusini hazorasplik faxriylar qoʻllab-quvvatlab, koʻchat ekish tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring