Havo transporti: mahalliy va xalqaro reyslar narxi qimmatlashgan

10:24 22 Yanvar 2023 Jamiyat
739 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning dekabr oyida Oʻzbekistonda havo transportida yoʻlovchi tashish narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 11,3 foizga oshgan.

Oʻzbekistonda havo transportida mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish narxlari 2021-yilning dekabr oyiga nisbatan oʻrtacha 6,4 foizga arzonlashgan.

2022-yilning dekabr oyida oʻtgan oyga nisbatan:

— Havo transportida mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish narxlari - oʻrtacha 4 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

— Havo transportida xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish narxlari - 15,1 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер