Hasanboy Do‘smatovga uy sovg‘a qilindi
Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov Andijon viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Kuni kecha tashkil etilgan tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg‘a qildi.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy 1-14 may kunlari o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring