Harbiy prokuratura organlarining tom maʼnoda mustaqilligi taʼminlanadi

12:14 04 May 2023 Siyosat
559 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan «Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ushbu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga Harbiy prokuratura organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, shuningdek, harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish, lavozimidan ozod etish hamda ularga harbiy unvonlar berishga doir qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi, shubhasiz, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni taʼminlashga, shu jumladan, Qurolli Kuchlar tizimida mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlashga doir qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishini, byudjet mablagʻlari va davlat mulkini talon-toroj qilish holatlarining oldi olinishiga hamda harbiy prokuratura organlarining tom maʼnoda mustaqilligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер