“Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida 45 yoshli xonanda Ravshan Sobirovga 1 gektar yer berildi
Gʻuzor tumani hokimi Bekzod Suyunovning taklifiga binoan sanʼatkor Ravshan Sobirov “Yoshlar shaharchasi”da boʻlib, gulxan atrofida yoshlar bilan dildan suhbatlashdi va jonli ijroda qoʻshiqlar hirgoya qildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan soʻng yoshlar va sanʼatkorning taklifiga koʻra, Yoshlar shaharchasida tashkil etilgan Kooperatsiya yer maydonidan dehqonchilik qilish uchun Ravshan Sobirovga 1 gektar yer maydoni ajratib beriladigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxan Xudaybergenov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tuman yoshlari va sarchashmalik yoshlar bilan uchrashib, ularga “Har bir yoshga, bir gektar” loyihasi doirasida yer maydoni ajratib berish maqsadida Kooperatsiya tashkil qilingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring