Har bir qalbda bayram shukuhi

19:18 14 Dekabr 2021 Jamiyat
765 0

Foto: "Xalq so'zi"

Yilning soʻnggi oyi ham yarimlab qoldi. Ostonada turgan yangi yilni sarhisobu yangi rejalar bilan kutayotgan yoshu keksa qalbida bayram shukuhi. Bunga mos ravishda joylarda bayram archasi va yarmarkalari tashkil etilmoqda. Birgina Andijon shahrining oʻzida 14 ta bayram yarmarkasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

— Bogʻdorchilik, chorvachilik, baliqchilik, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan shartnomalar tuzildi, — deydi “Zamin gruit” MCHJ rahbari Toshpoʻlat Gʻulomov. — Shunga koʻra shahardagi “Sogʻlom avlod” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan yarmarkada bozor narxidan arzonlashtirilgan 42 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari taqdim etilmoqda.

Aholi uchun har tomonlama qulaylik yaratish, bayram oldidan narx-navo asossiz oshib ketishining oldini olish, har bir xonadon yangi yilni toʻkin dasturxon arofida kutib olishi uchun koʻmaklashish maqsadlari nazarda tutilgan bunday yarmarkalar Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida ish boshlagan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер