HAMAS Isroilning harbiy harakatlari tufayli garovga olinganlarni ozod etish boʻyicha muzokaralarni rad etmoqda
Foto: Reuters
HAMAS rasmiy vakiliga koʻra, harbiy amaliyotlar chogʻida garovga olish boʻyicha muzokaralarni rad etadi.
Falastinning HAMAS harakati harbiy amaliyotlar davomida garovga olinganlarni almashish boʻyicha har qanday muzokaralarni rad etadi. Bu haqda harakatning tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi Basem Naim maʼlum qildi.
“Biz oʻz pozitsiyamizni tasdiqlaymiz va Isroil tomonidan davom etayotgan harbiy harakatlar kontekstida asirlarni almashish boʻyicha har qanday shakldagi muzokaralar olib borishni qatʼiyan rad etamiz”, dedi Naim.
Shu bilan birga, Naim HAMAS jangovar harakatlarni toʻxtatish va Gʻazo sektoriga gumanitar yordam yetkazish uchun nazorat punktlarini ochishga hissa qoʻshadigan har qanday tashabbusga ochiq ekanini taʼkidladi.
Avvalroq, Isroil prezidenti Isaak Gersog Gʻazo sektorida gumanitar tanaffus va HAMAS tomonidan garovga olingan qolganlarni ozod qilish uchun Isroil yana oʻt ochishni toʻxtatishga tayyorligini maʼlum qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring