Ham mehnat bandligi, ham daromad
Piskent tumanidagi ipak qurti parvarishlangan xonadonlarda “Agropilla” MCHJ tomonidan kishilar mehnatiga munosib haq toʻlash, kasanachilik tizimini takomillashtirish borasida ibratli ishlar qilinmoqda.
Pandemiya sharoitiga qaramasdan bugungacha 86 ming kilogramm pilla terib olindi. Qishloq aholisi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Bir oilaga — bir quti” aksiyasi ijobiy natijalar bermoqda.
Dastlab, pilla yetishtirish istagagida boʻlgan xonadon aʼzolari bilan 1900 ta mehnat shartnomalari tuzilgan edi. Shu asosda tumanda 800 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi. Mavsum boshida ularga har quti ipak qurti urugʻi parvarishi uchun 300 ming soʻmdan boʻnak puli berildi. Bu ular topayotgan daromadning boshlanmasi xolos.
Ushbu jarayonning eʼtiborli jihati shundaki, kasanachilarning har biriga mehnat daftarchasi ochilib, bir oy qilingan mehnat bir yillik ish staji hisobida rasmiylashtiriladi. Topshirilgan hosil haqi esa shu joyning oʻzida “Jin Juz Silk” MCHJ masʼullari tomonidan toʻlab berilmoqda.
Bu yilgi mavsumda tuman aholisi 2327 quti pilla qurti parvarishlab, 128 tonna kumush tola xom ashyosi yetishtirishni rejalashtirgan.
Shodiyor MUTAHAROV,
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring