Hayit munosabati bilan testlar boshqa kunga koʻchirildi -DTM

11:08 08 Avgust 2019 Jamiyat
1304 0

Qurbon Hayiti munosabati bilan 11-avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga koʻchirilishi rasman tasdiqlandi, deb xabar berdi DTM.

Boshqa kunga koʻchirish jarayonlari faqat 11-avgust kuni testga kiradigan abituriyentlarga taalluqli boʻladi. Boshqa kundagilar oʻzlari uchun belgilangan kunda test sinovlariga kiraveradi.

Jumladan, hududlarda 11-avgustga belgilangan test sinovlari quyidagi kunlarga koʻchirildi:

Qashqadaryo viloyati – 12-avgustga

Fargʻona viloyati – 13-avgustga

Jizzax viloyati – 13-avgustga

Navoiy viloyati – 13-avgustga

Qoraqalpogʻiston – 14-avgustga

Andijon viloyati – 14-avgustga

Xorazm viloyati – 14-avgustga

Samarqand viloyati – 14-avgustga

Buxoro viloyati – 15-avgustga

️Test sinovlari koʻchirilgan abituriyentlar test sinoviga kirish ruxsatnomasini yangidan olishi shart emas. Bino hamda test sinovlari vaqti (smenasi) avvalgidek saqlanib qoladi.

P.S.: Roʻyxatda koʻrsatilmagan hududlarda test sinovlari 11-avgustgacha tugab boʻlgan boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер