Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “N.a.” MCHJ rahbari X.M. fuqaro E.B.ga tanishlari yordamida oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring