Habibning keyingi raqibi Fergyuson boʻlmaydi!

17:02 13 Sentyabr 2019 Sport
1256 0

Yengil vazn toifasida UFC kamari sohibi Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi Toni Fergyuson emas, balki Sen-Pyer boʻladi. Bu haqda Habibning menejeri Ali Abdulaziz maʼlum qildi.

"Men Habib xohlagan janglarni tashkil qilaman. Shundan kelib chiqib aytishim mumkin, Habibning keyingi raqibi Sen-Pyer boʻladi. Fergyuson istayotgan narsasini bizdan ololmaydi.

Men Habibning keyingi jangi uchun qoʻngʻirogʻini kutyapman. Menimcha, Habib – Sen-Pyer oʻrtasidagi jang juda qiziq va muxlislarga manzur boʻladi", – dedi Nurmagomedovning menejeri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер