“Guruhlarga odam qoʻshib beraman” deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar qoʻlga olindi

18:53 02 Yanvar 2024 Jamiyat
418 0

Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi 30 yoshli A.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.000.000 soʻm pullar firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 17 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, A.I., “Telegram” messenjeri orqali A.Sh.ning “Muzika2023» guruhiga obunachi qoʻshib berishini vaʼda qilib uni aldab, oldindan 3.000.000 soʻm pullarni oʻzining bank kartasiga oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, qora roʻyxatga kiritib qoʻygan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер