Gurbanguli Berdimuhamedov oʻzining tugʻilgan kuniga mashhur Gʻarb yulduzlarini taklif qildi

23:29 29 Iyun 2022 Dunyo
1409 0

Arxiv surat

Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 65 yoshini butun dunyodan kelgan musiqachilar davrasida nishonlagan.

"Xronika Turkmenistana"ning yozishicha, amerikalik reper Akon, shved di-jeysi Dr. Alban, rus estradasi Artik&Asti dueti va qoʻshiqchi Emin Agalarov, bundan tashqari, tunislik qoʻshiqchi Amani Suissi va BAAlik sanʼatkor Balkis Ahmad Fathi uning tugʻilgan kuniga chiqish qilgan.

Maʼlum qilinishicha, tadbirga kirish hamma uchun ochiq boʻlgan. Rasmiylar tomoshabinlarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus avtobus yoʻnalishini yoʻlga qoʻygan.

Avvalroq Berdimuhamedov mamlakatning Axal viloyatining yangi poytaxti Axaldagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirgan edi.

Siyosatchi shaharning bosh rejasi va qurilayotgan sirkning ichki dizayni variantlari bilan tanishgan. U sirk interyerini bezashda turkman otlarining xususiyatlarini hisobga olish haqida koʻrsatma bergan.

Oldinroq, Turkmanistonning sobiq prezidentining tugʻilgan kuni bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabriklagani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер