Gʻulomjon ota limonlari bayram kunlari bozor rastalarini bezaydi

16:22 27 Dekabr 2023 Jamiyat
647 0

Foto: "Xalq soʻzi"

Quvasoy shahrining “Yangiobod” MFYda istiqomat qiluvchi salkam 80 yoshli Gʻulomjon ota Fathuddinov mirishkor bogʻbon sifatida tanilgan. Sergʻayrat otaxon bogʻ yumushlaridan ortib, tomorqadagi ikki sotix yerda tashkil etilgan issiqxonada ham oʻzi mehnat qiladi. Issiqxonada parvarishlangan limon bu yil juda serhosil boʻlib, peshma-pesh Quvasoy va Fargʻona shahri bozorlarida xaridorlarga yetkazib berilmoqda.

— Aslida men hayotdan zavq olish uchun mehnat qilaman. Shu bois bir-biridan chiroyli, xuddi oltindek tovlanib turgan limon hosilini yigʻib olayotganda barcha charchoqlarim unutiladi, — deydi fayzli xonadon sohibi. — Shu yilning oʻtgan davrida doimiy mijozlarimizga 15 million soʻmlikdan ortiq limon yetkazib berdik. Hosilning qolgan qismini yangi yil sovgʻasi sifatida bozorda sotish uchun tayyorlab qoʻyganmiz. Bu ishda oilamizga qoʻni-qoʻshnilar yordam berishadi.

“Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi Dilshod Siddiqovning maʼlum qilishicha, limonchilik va qulupnaychilik mahalla drayveriga aylangan. Mahalladagi 729 ta xonadoning 250 tasida issiqxonalar tashkil etilgan va bir yilda tomorqadan uch-toʻrt marotaba hosil olinadi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер