Guliston shahrida autsorsing kompaniyasi tashkil etildi

18:28 25 Iyul 2023 Jamiyat
457 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Faoliyatini boshlagan mazkur “Unicall” (BPO) autsorsing kompaniyasiga “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti” maqomi berildi. Unga Guliston shahri markazidagi zamonaviy binodan joy ajratildi. Shuningdek, IT Park Sirdaryo viloyati filiali tomonidan yangi rusumdagi kompyuter jihozlari topshirildi.

—“Unicall” (BPO) kompaniyasining asosiy maqsadi viloyatda yoshlar bandligini taʼminlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish va IT xizmatlar eksportini oshirishdan iborat, — deydi IT Park Sirdaryo viloyati filiali boshligʻi Oybek Anvarov. – Yangi markaz Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida “PANDEX” MCHJ negizida tashkil etildi. U xorijiy kompaniyalarga call markaz xizmatlarini taqdim qilish faoliyati bilan shugʻullanadi.

Kompaniya hozirda 50 nafar mahalliy yigit-qizni ish bilan taʼminlagan va kelgusida ushbu koʻrsatkichni 100 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, kompaniya tomonidan yil oxirigacha IT xizmatlar eksportini 500 000 dollarga yetkazish koʻzda tutilgan.

                                                                        Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер