Gulchilikdan yiliga 100 million soʻmdan ziyod daromad olamiz — Mashhura Rashidova

17:21 17 Noyabr 2023 Jamiyat
323 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Furqat tumanidagi “Tomosha” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqarolar tomorqachilikda oʻziga xos boy tajriba toʻplagan. Buning samarasi oʻlaroq har bir xonadon egasi tomorqadan yiliga uch–toʻrt marotabagacha hosil oladi.

Mahallaning eng namunali oilasi sirasiga kiruvchi Rashidovlar tomorqasidagi 8 sotix yer maydonida gul yetishtirish uchun issiqxona tashkil etilgan. Issiqxonada 10 turdagi mavsumiy gullar parvarish qilinadi.

— Anvoyi gullarimiz yilning toʻrt faslida ham xaridorgir,— deydi oila bekasi Mashhura Rashidova. — Shu bois gulchilik tarmogʻidan yiliga oʻrtacha 100 million soʻmdan ziyod daromad olamiz.

Shuningdek, oila aʼzolari tomorqadan unumli foydalanish maqsadida uchinchi ekinga koʻkatlar ekib, issiqxonadan qoʻshimcha 20 million soʻmdan koʻproq daromad olishga muvaffaq boʻlishmoqda.

Taʼkidlash oʻrinliki, oila tomorqasida mahalladagi 4 nafar xotin – qiz doimiy hamda 10 nafari mavsumiy ish bilan taʼminlangan.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер