«Gulbahor»da Navroʻz shodiyonasi

18:01 13 Mart 2023 Jamiyat
619 0

Foto: Xalq so‘zi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi «Gulbahor» MFY ahli Navroʻz umumxalq bayramini birinchilardan boʻlib nishonladilar. Shu bilan birga ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning toʻrt nafar farzandi sunnat toʻyi «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamda homiylar tomonidan oʻtkazib berildi.

Shunday qilib, «Gulbahor»da Navroʻz shodiyonasi sunnat toʻyiga ulanib, kuy-qoʻshiqlar, oʻyin-kulgilar kechga qadar davom etdi. «Mahalla»xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi vakillari toʻy bolalarga sovgʻalar ulashdi.

— Navroʻz bayrami munosabati bilan koʻpgina xayrli ishlarni amalga oshirishni reja qilganmiz, — deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondining Xovos tumani boʻlinmasi bosh mutaxassisi Pardaxol Ashirova. — Yaqinda ana shunday ijtimoiy kam taʼminlangan oilalarning 50 nafariga pul mablagʻi tarqatdik. Navroʻz bayrami oldidan 18-martda «Obod mahalla – yurt koʻrki» shiori ostida oʻtkaziladigan umumxalq xayriya hashari kunlarida yana 30 oilaga moddiy yordam ajratamiz.

Bundan tashqari fond huzuridagi «Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasi hisobidan yaqindan 4 ta ehtiyojmand oilaning har biriga zarur mablagʻ ajratilib, uy-joy olib berilgan boʻlsa, bir nafar fuqaroni salomatligi tiklandi.

Ahmadali SHERNAZAROV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер