Gruziya sobiq rahbari Saakashvilining sogʻligʻi keskin yomonlashdi
Gruziya sobiq prezidentining shaxsiy shifokori uning ahvoli yomonlashganini maʼlum qildi. Bu haqda “Известия” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hibsda boʻlgan va ochlik eʼlon qilgan Mixail Saakashvilining sogʻligʻi keskin yomonlashgan. Shifokorning soʻzlariga koʻra, sobiq davlat rahbarini zudlik bilan kasalxonaga yotqizish kerak.
“Qamoqxona shifokorlari va hamshiralari eng zoʻr xodimlardan. Men ular bilan yarim soat davomida bir kechani qanday oʻtkazish haqida gaplashdim. Ertaga Saakashvilining oldiga yana boraman. Uni kasalxonaga yotqizishimiz kerak boʻlishi mumkin”, — degan shifokor.
Maʼlumot oʻrnida, Gruziyaga qaytgan mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili hibsga olingandi. Maʼlum qilinishicha, sobiq davlat rahbarining hibsga olingani va jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgani toʻgʻrisida mamlakatning amaldagi bosh vaziri Irakli Garibashvili xabar bergan.
Qayd etilishicha, Gruziyada sobiq prezident Saakashviliga nisbatan ancha oldin — 2005-yilda byudjetni oʻzlashtirish, vakolatlarini suiisteʼmol qilish va deputatni kaltaklash kabi holatlar boʻyicha bir qancha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. U 2014-yilning avgustidan buyon qidiruvda boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, unga 11 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring