Goʻzal insonlarning immuniteti ham yuqori boʻladi — Tadqiqot natijasi
Foto: liza.ua
Goʻzal koʻrinish yuqori immunitetdan ham darak berishi mumkin. Xuddi shunday xulosaga AQSHning Texas xristian universiteti tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot yakunida kelishdi. Bu haqda batafsil “Proceedings of the Royal Society B” jurnalida chop etilgan maqolada qayd etilgan.
Olimlar 152 nafar yigit va qizlarni boʻyanishsiz va neytral ifoda bilan suratga olishdi. Keyin 492 nafar koʻngillidan bu odamlardan qaysi biri eng jozibali ekanligini baholashni soʻrashdi. Eng koʻp ballga fagotsitoz (bir hujayrali organizmlar yoki koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari tomonidan begona mikroskopik tirik organizmlar (bakteriyalar, hujayra parchalari), qattiq zarrachalarning faol qamrab olinishi va yutilishi)ning yuqori darajasiga ega boʻlgan odamlar ega boʻlgan. Bu jarayon oq qon hujayralari organizmga zarar yetkazishdan oldin bakteriyalarni yoʻq qiladi. Shuningdek, ayollar tomonidan eng jozibali, deb hisoblangan erkaklarda tanadagi virus bilan zararlangan hujayralarni yoʻq qiladigan NK hujayralari juda yuqori darajada boʻlgan.
Olimlarning taʼkidlashicha, goʻzal koʻrinish uzoq vaqtdan beri salomatlik koʻrsatkichi sifatida qabul qilingan. Masalan, yorqin koʻzlar insonni yanada jozibali koʻrsatadi, va aksincha, kasal odamlarda ular gʻamgin va nursiz koʻrinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring