"Google" oʻz xodimlari uchun AQSHda shahar barpo etmoqchi
“Business Insider” xabariga koʻra, avtonom kampus kompaniyaning Mauntin Vyu shahridagi bosh qarorgohi yaqinida quriladi.
Loyiha “Middlefield Park” deb nomlangan boʻlib, 16,18 gektar maydonni egallaydi. Undan turar joy binolari, istirohat bogʻlari, sport maydonchalari, savdo markazlari, restoranlar va boshqa zaruriy infratuzilmalar oʻrin oladi. Shaharchada 1850 ta turar-joy binolarini yaratish rejalashtirilgan boʻlib, ularning 20 foizi Mauntin Vyu munitsipalitetiga beriladi.
“Google” tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga koʻra, kampusda velosipedda yoki yayov yurishgina mumkin. Vaholanki, unda aholiga kerak boʻlgan hamma narsa 10 daqiqali masofada joylashgan boʻladi.
Maʼlumotlarga qaraganda, shahar loyihasi rivojlanishning dastlabki bosqichida boʻlib, shaharchaning qurilish narxi va tafsilotlari hali oshkor etilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring