Gonkongda koronavirusga qarshi oʻziga xos vaksina ishlab chiqilmoqda. Undan bolalarni emlashda ham foydalanish mumkin

01:10 25 Aprel 2021 Dunyo
1418 0

Gonkong universiteti mutaxassislari koronavirusga qarshi aerozol shaklidagi vaksinani ishlab chiqarmoqda. Undan bolalarni emlashda ishlatish rejalashtirilgan. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, preparat isteʼmolchilarga ikki-uch yil ichida taqdim etiladi. Hozir u klinik sinovlarning birinchi bosqichidan oʻtmoqda.

Vaksinani ishlab chiqaruvchilar uning “nihoyatda xavfsiz” ekanligini taʼkidlashmoqda. Tadqiqotchilarga koʻra, ushbu preparatdan olti oylik bolalarni ham emlashda ishlatilishi mumkin.

Bundan tashqari, hozir mavjud boʻlgan vaksinalardan farqli oʻlaroq, ushbu preparatni qoʻllashda bitta doza yetarli boʻladi. Uning taxminiy yon taʼsiri qisqa muddatli bosh ogʻrigʻi va burun bitishi boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер