Gonkonglik olimlar “COVID-19”ni yoʻq qiladigan poʻlat yaratishdi

00:54 11 Dekabr 2021 Dunyo
1788 0

Foto: scmp.com

Gonkong universiteti olimlari uning yuzasida koronavirusni yoʻq qilishga qodir boʻlgan zanglamaydigan poʻlatni yaratishdi. Bu haqda “South China Morning Post” gazetasi xabar bermoqda.

Shunday qilib, bu metall antibakterial xususiyatlarga ega boʻlib, uch soat ichida “COVID-19” hujayralarining 99,75 foizini yoʻq qila oladi.

Mutaxassislarning fikricha, yangi metall “SARS-CoV-2”dan tashqari ”H1N1" grippi virusini ham yoʻq qilishga qodir.

Anʼanaviy zanglamaydigan poʻlat bu xususiyatlarga ega emas. Koronavirus uning yuzasida ikki-uch kungacha saqlanishi mumkin. Natijada undan virusni yuqtirgan odamlar boshqalarni ham zararlashi mumkin.

Bunday poʻlat olti oy ichida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Olimlar jamoat joylaridagi yuzalarga tegish orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini kamaytirish uchun ushbu materialdan eshik tutqichlari, lift tugmalari kabilarni yasashda foydalanishni tavsiya etishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер