Gonkong karantin muddatini uzaytirdi. Nega?
Foto: www.google.com
Koronavirus epidemiyasi sababli Gonkong hukumati tomonidan kiritilgan cheklovlar yana 7-maygacha uzaytirildi. Aslida, bu 23-aprel kuni tugashi lozim edi. Bu haqda Gonkong maʼmuriyati rahbari Kerri Lam maʼlum qildi.
“Hozir quvonishning vaqti emas. Agar sal boʻshashsak, barcha qilgan ishlarimiz chippakka chiqadi”, dedi Lam.
Shuningdek, Lamning aytishicha, ayrim choralar yumshatiladi.
Kecha Gonkongda mart oyidan buyon ilk bor koronavirus yuqtirish bilan bogʻliq birorta ham holat qayd etilmadi. Yanvardan beri bu yerda 1025 kishi koronavirusga chalingan va toʻrt kishi vafot etgan edi.
Gonkong bunga nazorat choralari orqali erishdi. Toʻgʻri, hukumat qatʼiy karantin joriy etmadi, ammo koʻpchilik uyidan turib ishlamoqda. Hozirda maktablar, sport zallari va koʻngilochar maskanlar yopiq boʻlib, xorijdan kirish ham taqiqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring