Gʻolib sportchiga 2 xonali uy berildi

16:22 01 Noyabr 2023 Jamiyat
140 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu yilning 23-sentyabr – 8-oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan XIX Osiyo oʻyinlarida Xorazm viloyatidan 22 nafar yigit-qiz sportning 9 ta turidan ishtirok etib, dzyudo, ayollar kurashi, karate WKF, taekvondo va shaxmat sport boʻyicha 1 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdilar.

Viloyat hokimligida XIX Osiyo oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Musobaqalarning oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlgan sportchilar va ularning murabbiylariga mamlakatimiz Prezidentining «2023-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX Osiyo oʻyinlari va IV Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan pul mukofotlari topshirildi.

XIX Osiyo oʻyinlarida sportning karate WKF turi boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Sevinch Rahimovaga Urganch shahridan 2 xonali uy sovgʻa qilindi.

                                                  Odilbek   Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер