Global innovatsiyalar indeksi reytingida mamlakat oʻrnini oshirish boʻyicha xalqaro aloqalar yoʻlga qoʻyilmoqda

19:47 03 Aprel 2023 Siyosat
570 0

Shveysariyada joylashgan Global tadbirkorlik monitoringi (GEM) konsorsiumi eksperti doktor Ailen Somers va Innovatsion rivojlanish agentligining Global innovatsiyalar indeksi boʻlimi boshligʻi J.Nishonov oʻrtasida 3-aprel kuni onlayn uchrashuv oʻtkazildi. Unda mamlakatning Global innovatsiyalar indeksi reytingidagi oʻrnini yanada oshirish, xususan, reyting hisobotiga 2022-yilda ilk bor kiritilgan indikatorlarda Oʻzbekiston maʼlumotlarini shakllantirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Global tadbirkorlik monitoringi konsorsiumi tomonidan har yili ishtirokchi mamlakatlardan yigʻiladigan Milliy ekspert soʻrovi (NES) natijalari Global innovatsiyalar indeksining “Tadbirkorlik siyosati va madaniyati” hamda “Startap va skeylaplarni moliyalashtirish” indikatorlariga tegishli maʼlumotlarni shakllantirishga asos boʻlib, avval Oʻzbekistonda Milliy ekspert soʻrovi oʻtkazilmagan.

Uchrashuvda konsorsium tomonidan mamlakat uchun maxsus aʼzolik yoʻnalishi taklif etilib, aʼzolik doirasida Agentlik va konsorsium oʻrtasida hamkorlik kelishuviga erishish, milliy ekspertlar guruhini tashkil etish va konsorsium muvofiqligi ostida soʻrovnoma oʻtkazish hamda natijalarni Global tadbirkorlik monitoringi 2023-yil hisobotida aks ettirish boʻyicha hamkorlikda ishlarni tashkil etishga kelishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер