Giyohvandlik moddasi fosh etildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda “Sarimay” YPX maskanida oʻtkazilgan kechiktirib boʻlmas tezkor tadbir davomida “Toshkent-Toʻrtkoʻl” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan avtotransport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.
Natijada oldingi yoʻlovchi oʻrindigʻi pastki tomonidagi axlat solingan sellofan paketda skotchlangan 2 dona oʻramda sargʻish rangli, oʻziga xos oʻtkir hidga ega kristallsimon toshlardan iborat giyohvandlik vositasiga oʻxshash modda borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, mazkur modda sof ogʻirligi 5,92 gr.ga teng boʻlgan “geroin” giyohvandlik moddasi ekanligi tasdiqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Rsepublikasi jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring