Germaniyaning Oʻzbekistondagi IT universitetlari va yurtimiz yetakchi universitetlari oʻrtasida IT yoʻnalishida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT sohasida faoliyat yuritayotgan univestitetlar rahbarlari hamda Germaniya Federativ Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegatsiya aʼzolari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimizda soʻnggi yillarda axborot texnologiyalari sohida boʻlayotgan rivojlanish tendensiyalari hamda raqamli taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, shunindek, raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Germaniyaning Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan IT universitetlari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Jumladan, Germaniyaning Erfurt amaliy fanlar universiteti, Ilmenau texnika universiteti, Friyedrich-Schiller universiteti, Shmalkalden universiteti hamda Oʻzbekistonning Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti, Toshkent shahridagi Amity universiteti, Toshkent xalqaro taʼlim universiteti, “IT Park University” universitetlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring