Germaniyalik jurnalistlar Samarqand shahridagi “Xishrav” gidroelektr stansiyasiga tashrif buyurishdi

15:01 01 Noyabr 2023 Jamiyat
282 0

Bugun, 20-oktyabr kuni Energetika vazirligi tomonidan mamlakatimizga Germaniya Federativ Respublikasidan tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Samarqand shahridagi “Xishrav” gidroelektr stansiyasiga press-tur tashkil qilindi.

Mazkur GES quvvati 26,6 MVtga teng boʻlib, u yiliga oʻrtacha 140 mln kVt•soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Natijada 57,3 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi.

Ushbu GES 88,4 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan taʻminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur GES 2022-yilning dekabr oyida modernizatsiyadan soʻng yangi quvvatda ish boshlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер