Germaniyada Muhammad ismi chaqaloqlarga eng koʻp qoʻyilgan ism boʻldi

21:09 14 May 2020 Dunyo
1820 0

Foto: Reuters

Germaniyada yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun eng koʻp qoʻyilgan ism bu Muhammad ismi boʻlmoqda.

Taʼkidlanishicha, Germaniyada 2019-yilda yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun eng mashhur ismlar Xanna va Nuh boʻlgan. Qizlar orasida ikkinchi eng mashhur ism Emma, uchinchi Mia edi. Oʻgʻil bolalar orasida ikkinchi oʻrinni Ben, uchinchi oʻrinni esa Pol egalladi.

Shuningdek, qizlar uchun mashhur 10 ta ismlar orasida Emiliya, Lina va Mila ham bor. Oʻgʻil bolalarga koʻpincha Lui, Feliks va Finn deb ism qoʻyishgan.

Poytaxt Berlinda Xanna qizlar uchun eng mashhur ismga aylandi. Yangi tugʻilgan oʻgʻil bolalar orasida eng mashhur ism Muhammad boʻldi.

Shahardagi ayollar ismi reytingida ikkinchi oʻrinda Emiliya, uchinchi oʻrinda Emma turibdi. Erkaklar reytingida Nuh ikkinchi, Lui uchinchi oʻrinni egalladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер