Germaniyada ilk bora 3D formatdagi uy foydalanishga topshirildi
Kecha Germaniyada 3D printeri orqali qurilgan uy Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Bekkum shahrida rasman ochildi.
Viloyat qurilish vazirligi maʼlumotlariga koʻra, taxminan 160 kvadrat metr maydonga ega boʻlgan ikki qavatli yakka tartibdagi uy maxsus material bilan toʻldirilgan bloklardan qurilgan. 3D texnologiyasini qoʻllash bilan qurilish ishlari ancha soddalashtirildi va qurilish muddati qisqartirildi.
Ochilish marosimida viloyat transport vaziri Ina Sharenbax qiymati 200 ming yevroga yaqin boʻlgan bu loyiha kelajakda keng qoʻllanilishi uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini bildirib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring