Germaniyada ham koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Germaniyaning Bavariya federal yeri Garmish-Partenkirxen shahridagi klinikada koronavirusning oldin maʼlum boʻlmagan mutatsiyasi aniqlangan. Bu haqda Germaniyaning “Münchner Merkur” gazetasi xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, tibbiy muassasada 73 kishi COVID-19 bilan zararlangani maʼlum boʻlgan. Ulardan 21 nafari klinika xodimlari hisoblanadi. Uch kishida esa koronavirusning oldin maʼlum boʻlmagan shtammi aniqlangan.
Gazetaning yozishicha, testlar Berlindagi “Sharite” klinikasiga yuborilgan. U yerda mutaxassislar bu virusning yangi mutatsiyasi ekanligini tasdiqlashgan. Ayni paytda butun dunyoda 12 mingdan ortiq “SARS-CoV-2” mutatsiyalari aniqlangan.
Bungacha Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, AQSHda koronavirusning bir qancha yangi mutatsiyalari, Keniyada birdaniga 16 ta yangi shtamm aniqlangani haqida xabar bergandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring