Germaniyada baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati yakunlandi
Germaniyada baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari K2 W va S2 M toifalarida 500 metrga kechgan poygada ishtirok etishdi.
V finalida qatnashgan baydarkachi qizlarimiz Yekaterina Shubina va Arina Tanatmisheva yakunda 15, S finalida startga chiqqan Artur Guliyev va Kamronbek Axtamov juftligi esa umumiy klassifikatsiya boʻyicha 19-natijani qayd etishdi.
Shu tariqa, mazkur musobaqani terma jamoamiz Artur Guliyevning 200 metrga kechgan yakkalik dasturidagi oltin medali bilan yakunladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring