Germaniya mamlakatga kirish uchun talablarni kuchaytirdi
Foto: Reuters
Yangi tartibga koʻra samolyotga chiqishdan oldin barcha yoʻlovchilar parvozdan 48 soat oldin koronavirusga topshirgan testining natijasini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart.
Bunga qadar bunday hujjat faqat yomon epidemiologik hududlardan kelayotgan sayohatchilardan talab qilinayotgan edi. Manbada qayd etilishicha, bu qoidalar 30-mart yarim tundan kuchga kiradi.
Bundan tashqari, taqdim etiladigan hujjatlar nemis yoki ingliz tilida boʻlishi kerak. Federal politsiya va sogʻliqni saqlash xodimlari hujjatni tekshirishadi. Bunday tartib 12-mayga qadar amalda boʻladi.
Oldinroq Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda koronavirusning uchinchi toʻlqini kuzatilayotganini aytib oʻtgan edi.
“Hozir biz uchinchi toʻlqindamiz, yana yangi holatlar soni eksponensial oʻsishi kuzatilmoqda”, degan edi u.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Germaniyada pandemiya boshidan beri 2,7 milliondan ortiq odam koronavirus bilan zararlangan, infeksiya asoratlaridan 75 mingdan ortiq odam vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring