Germaniya iqtisodiyot vaziri mamlakat yaqin orada Rossiya neftiga tobelikdan xolos boʻladi
Illyustrativ foto
Germaniya Rossiya nefti importini qisqartirgan va mazkur davlat energiya manbalariga tobelikdan xolos boʻlishga yana bir qadam yaqinlashgan. Bu haqda Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek aytib oʻtdi.
“Germaniya Rossiya neft importidan tobelikdan chiqishga juda yaqin keldi”, dedi Xabek.
Uning soʻzlariga koʻra, bir necha hafta oldin Rossiyadan energiya manbalarini uzib qoʻyish vazifasi qiyin boʻlib tuyulgan. Ammo endi bu muammo emas.
Joriy yilning 24-fevraliga qadar Germaniya jami sotib oladigan neftning 35 foizini Rossiyadan import qilgan. Oʻtgan sakkiz hafta ichida bu koʻrsatkich 12 foizga kamaygan.
“Koʻmirga kelsak, bu tabiiy resurs Germaniyaga Rossiyadan 24-fevralga nisbatan kamroq hajmda yetkazib berilmoqda. Yevropa Ittifoqi tomonidan embargo kiritilgandan soʻng, yetkazib berish nolga tushiriladi” deydi iqtisodiyot vaziri .
Oldinroq Germaniya sanoat ittifoqi rahbari Zigfrid Rusvurm Yevropa sanoati yaqin bir necha yil ichida energiya narxining yuqoriligi va logistika qiyinchiliklari tufayli jiddiy iqtisodiy yoʻqotishlarni boshdan kechirishini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring