Germaniya bilan chiqindilarni qayta ishlash borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

16:15 01 Noyabr 2023 Siyosat
267 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida “zero waste” (nol chiqindi) tamoyili joriy etilishi hamda barcha chiqindi poligonlarida chiqindilarni toʻliq qayta ishlashga bosqichma-bosqich oʻtish yoʻlida olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Shuningdek, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. 

Yakunda chiqindi sohasiga doir loyihalarni tuzish hamda amalga oshirishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер