Geologiya-qidiruv zaxiralarini oʻstirish barqarorlikning muhim omili
Temur ESHBOYEV/ “Xalq soʻzi”. Oʻz mahsulotini toʻlasicha eksportga yoʻnaltirgan yagona korxona “Navoiyuran” faoliyatida geologiya-qidiruv ishlarini samarali olib borish orqali yangi istiqbolli uran konlarini izlab topish va zaxiralarni oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Boisi mustahkam xom-ashyo bazasigina korxona faoliyati barqarorligining garovidir.

Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq 2024-yil uchun “Uran mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi” ishlab chiqilib, korxona tasarrufidagi “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi va uning “Nurota” (Zafarobod, Konimex, Tomdi), “Boʻkantau” (Uchquduq, Tomdi, Zarafshon), “Zirabuloq” (Nurobod, Ziyovuddin) geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi va Geologiya-qidiruv partiya (Zafarobod, Konimex, Tomdi) lariga uranga boy istiqbolli hududlarini oʻrganish, shuningdek, bashorat-tematik loyihalar doirasida olib boriladigan ishlar yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash vazifalari belgilangan.

— Ekspeditsiya geolog va mutaxassislari tomonidan joriy yilda “Boʻkantau” GQE tomonidan burgʻilash ishlari hajmi oʻtgan yilga nisbatan qariyb 30 foizga oshirildi, — deydi “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi (IICHM) direktori Zafar Rahimov. — Markazimizga qarashli “Zirabuloq” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi faoliyatida esa yil yakuni bilan oʻsish oʻttiz besh, shuningdek, “Nurota” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi harakati bilan oʻttiz foizga oshirilishi kutilmoqda. Natijada GQEda bashorat resurslari va uran zaxiralarini oʻstirish taʼminlanadi. Bu oʻz-oʻzidan korxona mahsulotlari eksporti geografiyasining yanada kengayishiga zamin yaratadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring