“Gender tenglik faoli” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

17:31 26 Dekabr 2021 Jamiyat
1769 0

Oliy Majlis Senati tomonidan oʻtkazilgan “Gender tenglik faoli” tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

Xususan, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol huquqni muhofaza qiluvchi organ” nominatsiyasi Adliya hamda Ichki ishlar vazirliklari;

— “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol davlat organi” nominatsiyasi Mudofaa vazirligi;

— “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik” nominatsiyasi Samarqand viloyati hokimligi;

— “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tashkilot” nominatsiyasi Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati;

— “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT” nominatsiyasi “Toʻmaris” ayollar va yoshlar markazi;

— “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi “Shovot tekstil” MCHJ;

— “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi radio dastur” nominatsiyasi Qoraqalpogʻiston teleradiokanali Bosh muharriri Gulnaz Nurbekova;

— “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt” nominatsiyasi “Oʻzsanoatqurilishbanki” sqb.uz sayti;

— “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi axborot portal” nominatsiyasi Human.uz AP jurnalisti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер